17:35 / 14.08.2015
2791

Donald Tramp o‘zini haqoratlashi mumkin bo‘lgan minglab domenlarni sotib oldi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish milliarder Donald Tramp Trump Organization kompaniyasi nomidan bu kompaniyani, kompaniya mahsulotlarini hamda o‘zini haqoratlashi mumkin bo‘lgan minglab domenlarni sotib oldi. Bu haqda Business Insider xabar bergan.

Sotib olingan domenlar orasida TrumpIsFired.com, HateTrumpVodka.com, ImBeingSuedByTheDonald.com va NoMoreTrump.com. kabi nomlarni ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, milliarder shunday domenlardan 3155tasini xarid qilgan.

Trump Organization kompaniyasi bunday domenlar Trampning biznesiga zarar keltirishi ehtimolini olish maqsadida shunday ish tutgan.

Top