01:38 / 14.08.2015
2906

Putin Rossiya Iroqni terrorchilikka qarshi kurashishda qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Iroq prezidenti Fuad Ma'sumga va bosh vazir Haydar Obodiyga Bog‘dodda amalga oshirilgan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi va Rossiya Iroqqa terrorchilikka qarshi kurashishda yordam berishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

Avvalroq Bog‘dod tashqarisida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida 60 kishi halok bo‘lgani, 200 nafar kishi turli darajadagi jarohatlar olgani ma'lum qilingan edi.

Putin Moskva “tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan vahshiyona jinoyatni” qoralashini aytib, Rossiya Iroq hukumatini terrorchilikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Top