09:10 / 14.08.2015
4656

Yota operatori birinchi marta abonentlari sonini oshkor qildi

Rossiyaning Yota mobil aloqa operatori birinchi marta abonentlari soni haqida axborot berdi. RIA Novosti agentligining yozishicha, uning xizmatlaridan mln dan ortiq kishi foydalanadi.
“TMT Konsalting” boshqaruvchisi Konstantin Ankilovning hisob-kitoblariga qaraganda, 2015 yil ikkinchi choragining oxiriga qadar Rossiyada mobil abonentlar soni 240 mln kishini tashkil qilgan. Shu tariqa, Yota’ning bundagi ulushi, USB-modem va routerlar foydalanuvchilarini hisobga olganda, 0.8 foizni tashkil qiladi.
MTS abonentlari soni 74.5 mln ga, “Megafon” abonentlari soni 69.5 mln ga, “VimpelKom” abonentlari soni 55.7 mln ga teng. Ulardan keyingi o‘rinlarda Tele2, “Motiv” (2.4 mln dan) va Smarts (1.1 mln) turibdi. Shu tariqa, Yota ushbu ro‘yxatda yettinchi pog‘onani egalladi.

Top