10:17 / 15.08.2015
3277

AQSh hukumati Guantanamodan 8 yildan beri ocharchilik qilayotgan mahbusni ozod etishdan bosh tortdi

AQSh Adliya vazirligi Kubadagi Guantanamo bazasidagi maxsus qamoqxonada saqlanuvchi, 8 yil davomida ocharchilik e'lon qilib kelayotgan mahbus Tariq Ba O‘daxni ozod etishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Yamanlik 36 yoshli O‘daxning hozirdagi vazni 1,62 metr bo‘yida 33,5 kg ni tashkil qilmoqda. U Pokiston armiyasi tomonidan Afg‘oniston chegarasida qo‘lga olingan va “Tolibon” harakatiga qo‘shilish uchun harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlikda ayblanmoqda. Mahbus Guantanamoda 2002 yildan beri saqlanmoqda.   

2007 yilda O‘dax ocharchilik e'lon qilib, quyuq ovqat yeyishdan bosh tortgan. Shundan buyon O‘daxga nisbatan kuch ishlatilgan holda, uni burni orqali qiritiluvchi trubka orqali majburan ovqatlantirib kelinmoqda. Oxirgi 18 oy ichida u juda ko‘p vazn yo‘qotdi va uning advokatlari mijozlarining salomatligi og‘irlashgani sabab uning ozod etilishini talab qilishmoqda. Pentagonda avvalroq aytilganidek, agar O‘dax ozod etilsa, bundan boshqa mahbuslar o‘rnak olishi va shunday holatlarning ko‘plab yuz berishiga olib kelishi mumkin.

Top