Ukrainadagi vaziyat AQShning Rossiya bilan munosabatlarida muammo bo‘lib qolmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Tramp aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Korrespondent nashri.
“Ukraina – bu muammo”, deb aytdi 14 avgust kuni Tramp Nyu-Gempshirda saylovchilar bilan uchrashuvi paytida va bu masalaning hal etilishida Yevropa davlatlari, jumladan Germaniya yetakchi rol o‘ynashi kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Tramp agar AQSh prezidenti etib saylansa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
“Biz do‘stlarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deb aytdi Tramp.