17:46 / 15.08.2015
1904

Filippinda 544 kishi yonayotgan paromdan evakuatsiya qilindi

Filippinning Ormok shahrida orollar orasida yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanuvchi Wonderful Stars paromiga o‘t ketdi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, uning bortidagi 544 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi.

Ekipajning 59 a'zosidan 2 nafari kichik tan jarohatlari oldi.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchi xizmatlar ishlamoqda. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.
Joriy yilning iyul oyi boshida shu portdan chiqqan boshqa bir paromning ag‘darilib ketishi oqibatida o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgan edi.

Top