23:21 / 15.08.2015
2184

Gaitida avtohalokatda 16 kishi halok bo‘ldi

Karib dengizida joylashgan Gaitining shimolida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 16 kishi, jumladan 13 ayol  halok bo‘ldi.

Yo‘l-transport hodisasi 15 avgust kuni tong payti Kap-Aiten shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Avtohalokatga uch kishi ketayotgan mototsikl bilan to‘qnashuvdan qochishga urinayotib ag‘darilib ketgan yuk mashinasi sabab bo‘ldi. Yuk mashinasi yaqin oradagi bozorga ko‘mir va yog‘och olib ketayotgan bo‘lgan. Shuningdek, yuk mashinasining ustida odamlar ketayotgan bo‘lgan.

Top