08:22 / 15.08.2015
3669

Ogayoda attraksion ostida o‘z telefonini qidirgan erkak halok bo‘ldi

AQShning Ogayo shtatidagi Cedar Point attraksionlar bog‘ida “amerikancha tog‘lar” poyezdining zarbasidan 45 yoshli Jyeyms Yang halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Erkak Raptor attraksionida uchgandan keyin kartmoni va mobil telefonini tushirib qo‘ygani payqab qolgan va uni “amerikancha tog‘lar” attraksioni yonidan qidira boshlagan.

U himoya to‘siqlaridan oshib o‘tganda, harakatlanayotgan poyezd ostiga tushib qolgan. Erkakning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi, deb ma'lum qildi ko‘ngilochar bog‘ vakili Brayan Edvards.

Ushbu voqeadan keyin poyezd yo‘lovchilari bilan katta balandlikda 10 daqiqaga to‘xtab turdi, deb yozmoqda New York Magazine nashri.

Top