10:00 / 15.08.2015
2332

Xalqaro valyuta jamg‘armasi: Xitoyning YaIMining o‘sishi 2015-2016 yillarda qisqarib boradi

Xitoy iqtisodiyoti barqarorlashib borayotganiga qarab, undagi o‘sish 2015-2016 yillarda qisqarib boradi. 2015 yili YaIM 6.8 foizga o‘ssa, 2016 yili bu ko‘rsatkich 6.3 foizni tashkil qiladi.
Bu ma'lumotlar XXR iqtisodiyotiga doir muzokaralarning yakuniga ko‘ra Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari tomonidan keltirildi.
“Xitoy yangi, normal, biroz sekinlashgan, ammo xavfsiz va barqaror o‘sish bosqichiga o‘tmoqda. O‘tgan yili YaIM 7.4 foizga o‘sdi, bu yil o‘sish biroz sekinlashib, 6.8 foizni, 2016 yili esa 6.3 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bu investitsiyalar oqimining, ayniqsa, ko‘chmas mulk yo‘nalishida, kamayishi bilan bog‘liq”, – deyiladi jamg‘arma hisobotida.
Inflyatsiya 1.5 foiz darajada saqlanib qoladi, bu real ayirboshlash kursining aniqlashtirilishi, shuningdek, global bozorda xom ashyo narxining tushishi bilan bog‘liq.
Jamg‘arma XXR hukumatiga struktur islohotlar o‘tkazishda davom etishni tavsiya qildi.

Top