12:09 / 15.08.2015
4513

Yaponiyalik erkak malikaga tahdid maktubini yozgani uchun hibsga olindi

Yaponiya politsiyasi imperator Akixitoning nabirasi, malika Kakoga tahdidli maktub yo‘llagan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar qildi.

Kiotodagi kompaniyalardan birining xodimi bo‘lgan 33 yoshli Motoxiro Yokuchi shu yilning iyun oyida 20 yoshli malika tahsil oladigan Tokio xalqaro xristian universitetiga maktub yo‘llaganini tan oldi. Shu yo‘l bilan Yokuchi sobiq xodimidan qasd olmoqchi bo‘lgan hamda shu maqsadda maktub ichiga uning tashrif qog‘ozini solib qo‘ygan.

Malika Kako universitetga 2015 yil aprelida kirgan. Dastlabki ikki yil davomida u aniq fanlar va ingliz tilini o‘rganadi, ixtisoslikni esa uchinchi kursda tanlaydi. Ilgari qiz Gakusyuin universitetida tahsil olayotgan edi, ammo o‘qishni tashlab ketgan edi.
Kako shahzoda Akisino Fumixito va malika Akisino Kikoning kichik qizidir. Uning Xisaxito ismli ukasi va Mako ismli opasi bor.

Top