09:16 / 16.08.2015
1951

Chikagodagi avtoshouda 2 parashyutchi jarohatlandi

Chicago Air & Water Show tadbiri chog‘ida 2 nafar parashyutchi yerga qo‘nish paytida jiddiy jarohat olishdi. Chicago Tribune nashriga ko‘ra, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Shou tashkilotchilari voqeani sharhlashdan bosh tortmoqda. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, parashyutchilardan birining oyog‘i bino tomiga tegib ketgan.
Parashyutchilar ayni paytda AQSh harbiy dengiz floti jangchilari ekanligi ma'lum qilinmoqda.

Top