16:44 / 16.08.2015
2184

Mourinyu: ayrim jamoalar 15 yildan beri ishonchni oqlamayapti, lekin ularning murabbiylari haligacha o‘zgargani yo‘q

“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyu “Manchester Siti” jamoasining murabbiy Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Shu oyning boshida “Manchester Siti” amaldagi bosh murabbiy Pellegrini bilan shartnomani 2017 yil yoziga qadar uzaytirgani ma'lum qilingan edi.

“Hayratlandimmi? Nega hayratlanishim kerak? Shunday klublar borki, ular 15 yildan beri ishonchni oqlamayapti, lekin ularning murabbiylari haligacha o‘zgargani yo‘q”, – dedi Mourinyu, jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

Top