Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rayhonning singlisi turmushga chiqdi
Bugun xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhonning singlisi Nasiba Shokirovaning nikoh kechasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MyDay.uz nashri xabar berdi.
Nasiba va Jamshidning to‘yi 16 avgust kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tadi.
Ilgari Nasiba Instagram’dagi sahifasida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tushgan fotosuratni joylashtirgan edi.
Rayhon singlisining to‘yiga bag‘ishlab “Kelinchak” qo‘shig‘ini yaratdi. Qo‘shiq taqdimoti 17 avgust kuni bir qator radiostansiyalarda bo‘lib o‘tadi.