07:36 / 16.08.2015
2286

The Guardian: Apple maxfiy ravishda haydovchisiz avtomobil yaratmoqda

AQShning Apple kompaniyasi haydovchisiz yura oladigan avtomobil yaratmoqda, deb ma'lum qilmoqda The Guardian nashri. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu loyihada Kremniy vodiysi muhandislari, Tesla Motors va Mercedes-Benz mutaxassislari ishtirok etmoqdalar. Ular Kaliforniya shtatidagi Apple xodimlari uchun mo‘ljallangan shaharchada joylashtirilganlar.

Ma'lum qilinishicha, hozir avtomobilning sinov modelini sinovdan o‘tkazish uchun maqbul joy izlanmoqda. Yuzlab xodimlar jalb qilingan ushbu loyiha tafsilotlari oshkor etilmayapti, biroq ko‘rinishicha, o‘ziyurar avtomobil yo‘l sinovlari uchun deyarli tayyor, deb ta'kidlamoqda nashr.   

Shuningdek, Apple 2020 yilda elektromobillar ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Yuqori maxfiylik tartibida yaratilayotgan Apple avtomobili shaklan minivenga o‘xshash bo‘ladi. Kompaniya bosh direktori Tim Kuk tomonidan bir yil avval ma'qullagan loyiha Titan ishchi nomini oldi. Apple’ning avtomobil bo‘limini avval Ford korporatsiyasida ishlagan kompaniyaning dizayn bo‘yicha vitse-prezident Stiv Zadeski boshqarmoqda.       

Top