O‘zbekiston | 19:05 / 16.08.2015
2951
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Indoneziyaning eng yirik savdo ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

14 avgust kuni O‘zbekistondagi Indoneziya elchixonasi 21-25 oktabr kunlari Jakartada bo‘lib o‘tadigan yirik savdo ko‘rgazmasining taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda Turkiston-press axborot agentligi xabar bermoqda.

Taqdimot Art Expo Service kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi.
Elchi Anaka Agunga Gde Alita Santiku bergan ma'lumotlarga qaraganda, ko‘rgazma Jakarta markazida 44 ga hududda joylashgan Jakarta International Expo markazida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda ko‘rgazma 30-marta o‘tkaziladi.

Ta'kidlanishicha, o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning ushbu tadbirda ishtirok etishiga O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ko‘mak berishi mumkin.
Ayni paytda Indoneziyadan O‘zbekistonga choy, muzlatkich butlovchi qismlari, mebel va boshqalar eksport qilinadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Indoneziyaga paxta mahsulotlari, porshenli dvigatellar eksport qiladi.