19:50 / 16.08.2015
3671

Tyantszin aholisi norozilik namoyishlariga chiqmoqda

12 avgustda kuchli portlash sodir bo‘lgan Xitoyning Tyantszin port shahri aholisi norozilik namoyishlariga chiqmoqda.

Shahar ma'muriyati oldida odamlar zararlangan hududlar ichida qolishi mumkin bo‘lgan o‘z uylarini hukumat sotib olishini talab qilishmoqda.

“Hozirdayoq biz o‘zimizni yomon his qilmoqdamiz. Buning ustiga shuni anglashimiz kerakki, atrof-muhitning ifloslanishi o‘z-o‘zidan bir yildan keyin ham, ikki yildan keyin ham yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bu kelajak avlodga ham xavf tug‘diradi”, deb aytmoqda mahalliy odamlardan biri.

Yana bir norozilik namoyishida yong‘inni bartaraf qilishda ishtirok etib va ehtimol u yerda halok bo‘lgan qutqaruvchilarning yaqinlari yig‘ildi.
“Mana bir necha kun o‘tgan bo‘lsa ham, men hanuzgacha o‘g‘lim tirik-yo‘qmi bilmayman. Hukumat bizga hech qanday ma'lumot bermayapti”, deb aytdi o‘t o‘chiruvchilardan birining otasi.

Ma'lum qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar yaqinlari politsiya tomonidan to‘xtatib, ularga shahar ma'muriyati binosiga borishlariga imkon berilmadi.

Top