06:05 / 17.08.2015
2299

Buyuk Britaniya kiberxavfsizlikni rivojlantirish uchun 3 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflamoqchi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatning kiberfazoda ishtirokiga sarf-xarajatlarni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Sunday Times nashri.

Bunday qaror mavjud xavflarga qarshi kurashishni kuchaytirish va bu sohada tashabbusni qo‘lga olish maqsadida qabul qilindi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, britan hukumati kiberfazoda Rossiya va Xitoydan solinayotgan tahdidlarga qarshi kurashishdagi o‘z ishtirokini 10 barobarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Keyingi 5 yil ichida Buyuk Britaniya kiberdasturiga 3 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ kiritiladi.  

Top