07:47 / 17.08.2015
2238

Moskva metrosida kahva avtomatlari o‘rnatilishi mumkin

Moskva metropoliteni bekatlarining vestibyulida qahva avtomatlarini o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi “Moskva” yangiliklar agentligi.

Bu haqda metropoliten boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yuriy Degtyaryov ma'lumot berdi.

Ilgari Degtyaryov Shahar kuni munosabati bilan “Prospekt mira” bekatida bepul hojatxona ochilishini ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning kuzida 40ta bekatning yo‘l ostidan o‘tgan qismlaridagi savdo nuqtalarini ijaraga berishga qaratilgan birinchi kim oshdi savdosi o‘tkazilishi mumkin.

Top