18:12 / 17.08.2015
6925

O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Yaman hamda Filippin terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Milliy terma jamoa safida 83ta o‘yin o‘tkazgan Aleksandr Geynrix yana bir bor milliy terma jamoaga chaqiruv olgan. Shu bilan birgalikda, Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov ham biroz vaqt tanaffusdan keyin terma jamoaga qaytgan.

Samvel Babayan terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlanganidan keyin tashkil etilgan iyul oyidagi yig‘indan farqli o‘laroq, bu safar xorijda faoliyat olib borayotgan futbolchilar ham jalb etilgan. Shuningdek, avvalgi yig‘inda ishtirok etmagan futbolchilardan Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov va Sanjar Shoahmedov ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Ikki muhim o‘yin oldidan o‘tkaziladigan yig‘inga chaqirilganlar orasida milliy terma jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi — Server Jyeparov hisoblanadi. U shu kunga qadar mamlkat bosh jamoasi safida 107 bor maydoga tushib, 23 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. O‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ignatiy Nesterov. U milliy terma jamoa darvozasini 91 o‘yinda qo‘riqlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionatining qo‘shma saralash bosqichi doirasida 3 sentabr kuni Toshkentda Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvdan besh kun o‘tib, Samvel Babayan shogirdlari safarda Filippin terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bu ikki o‘yinga tayyorgarlikni terma jamoa 27 avgustdan boshlaydi.

Darvozabonlar
1) Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)

2) Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

3) Eldor Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar

4) Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)

5) Davron Xoshimov (“Paxtakor”)

6) Yegor Krimets (“Paxtakor”)

7) Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”)

8) Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)

9) Sherzod A'zamov (“Nasaf”)

10) Shavkat Mullajonov (“Lokomotiv”)

11) Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Rossiya)

12) Farrux Sayfiyev (“Nasaf”)

Yarim himoyachilar

13) Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”)

14) Shuxrat Muhammaliyev (“Nasaf”)

15) Odil Ahmedov (“Krasnodar”)

16) Server Jyeparov (“Ulsan”)

17) Azizbek Haydarov (“Ash-Shabob”)

18) Vladimir Kozak (“Paxtakor”)

19) Fozil Musayev (“Sepahon”)

20) Sardor Rashidov (“Al-Jaish”)

21) Sanjar Tursunov (“Vorskla”)

22) Stanislav Andreyev (“Paxtakor”)

23) Javohir Sohibov (“Paxtakor”)

24) Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)

25) Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar

26) Ilxom Shomurodov (“Nasaf”)

27) Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”)

28) Temurxo‘ja Abduholiqov (“Lokomotiv”)

29) Igor Sergeyev (“Paxtakor”)

30) Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”)

Top