17:34 / 17.08.2015
3230

Qozog‘istonda chaqaloq mast onaning sutidan zaharlandi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida istiqomat qiluvchi ayol onalik huquqidan mahrum qilindi. Novosti-Kazaxstan axborot agentligining ma'lum qilishicha, u mast holda farzandini emizgani bois chaqaloq zaharlangan.
29 iyun kuni 2015 yili tug‘ilgan go‘dak Irtish tuman markaziy shifoxonasiga og‘ir ahvolda yotqizildi. Uning alkogoldan zaharlangani ma'lum bo‘ldi. reanimatsion ishlar amalga oshirilgach, qizaloq Pavlodar tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.
Sudning aniqlashicha, ona bir necha marotaba mast holda qizini ko‘kragidan boqqan.
Tuzalib chiqqach, qizaloq viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar uyiga yuborilgan.

Top