15:45 / 17.08.2015
5580

Toshkentdagi Inxa universitetida 2016 yilning sentabr oyidan yangi logistika fakulteti ish boshlaydi

Toshkent shahridagi Inxa universiteti rahbariyati va Inxa universiteti (Janubiy Koreya) delegatsiyasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda 2016 yilning sentabr oyidan yangi yo‘nalish - logistika fakulteti ish boshlashi haqida ma'lum qilindi. Bu haqda UzA xabar bergan.

"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2016 yilning sentabr oyidan yangi yo‘nalish – logistika fakulteti ish boshlaydi", deyiladi xabarda.

Inxa universiteti prezidenti Sunya Choyning aytishicha, mamlakatimizda bu yo‘nalishga talab ortib bormoqda.

"O‘zbekiston yoshlarining muvaffaqiyati havasimizni keltirmoqda. Toshkent shahridagi Inxa universitetida ta'lim olayotgan har bir yigit-qiz Janubiy Koreyadagi asosiy oliy o‘quv yurti talabasi hisoblanadi va barcha tegishli imtiyozlardan foydalanadi. Logistika fakultetining ochilishi ham muhim. Zero, mamlakatingizda bu yo‘nalishga talab ortib bormoqda.
Universitetning 3-, 4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan laboratoriya xonalarini ko‘zdan kechirish chog‘ida Incheonda ham yuqori kurs talabalari uchun shunday o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishimiz kerak, degan fikrga keldim", – deydi Inxa universiteti prezidenti Sunya Choy.

Top