10:51 / 17.08.2015
3456

Toyota Tyantszindagi qo‘shma korxona ishini to‘xtatdi

Toyota avtokonserni sanoat portida sodir bo‘lgan portlashlar sababli Xitoyning Tyantszindagi qo‘shma korxonasi ishini uch kunga to‘xtatdi.
17-19 avgust kunlari zavod konveyrlari o‘chirib qo‘yiladi. Bunga mazkur hududni zudlik bilan evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror sabab bo‘ldi, deya xabar berdi Kiodo agentligi.

Biroq 20 avgustdan keyin ishlarni qaytadan boshlash rejasida haqida ma'lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Xitoy shimolidagi Tyantszin shahri portida joylashgan xavfli kimyoviy moddalar omborxonasida kuchli portlash va yong‘in ro‘y bergan edi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, hodisa natijasida 114 kishi halok bo‘lgan, 95 kishi hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Bedarak yo‘qolganlarning 85 nafari o‘t o‘chiruvchilardir. Ayni paytda shahar shifoxonalarida davolanayotgan 722 kishning 58 nafari og‘ir ahvolda.

Top