05:39 / 17.08.2015
2545

Xitoyda yer ko‘chishi oqibatida 60 kishi bedarak yo‘qoldi

Xitoyning Shensi viloyatida yer ko‘chishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 60 ga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda The Economic Times nashri.

Yer ko‘chishi oqibatida turar-joy dahasiga 1,3 mln kub metr tog‘ jinslari o‘pirilib tushdi. Uyum ostida tog‘-kon kompaniyasining 15 ta umumiy yotoqxonasi va uchta uyi qolib  ketdi.

Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Top