17:10 / 18.08.2015
2669

Lukashenko Ukraina bilan chegaralarni mustahkamlash zarurligini ma'lum qildi

Belarus prezidentdi Aleksandr Lukashenko Ukraina bilan chegaralarni mustahkamlash zarurligini ma'lum qildi, deya xabar tarqatdi BelTA.

“Janubiy chegaralarimizni mustahkamlashimiz lozimligini yashirmaymiz. Buni ukrainlarning biz tomonga bostirib kirishidan qo‘rqqanimiz uchun amalga oshirmaymiz. Balki biz Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar natijasida Belarusga kerak bo‘lmagan turli xil unsurlar va ayniqsa qurol-yarog‘larning bu yerga kirib kelishidan xavfsirayapmiz”, – deya ma'lum qildi Lukashenko Xavfsizlik kengashi kotibi Stanislav Zasya va mudofaa vaziri Andrey Ravkovning hisobotini qabul qilib olar ekan.

Prezidentga qurolli kuchlar samaradorligini oshirish, jumladan, Belarusda yangi qurollar va qurollanishning yangi turlarini ishlab chiqish borasida qilinayotgan ishlar taqdim etildi.

Belarus va Ukraina o‘rtasidagi davlat chegaralari uzunligi 1084 km ni tashkil etadi.

Top