17:38 / 18.08.2015
2631

Olma-Otaning yangi hokimiga toza havo solingan banka sovg‘a qilindi

“Ko‘kjaylovni himoya qilaylik” harakati ishtirokchilari Olma-Otaning yangi hokimi Bovurjon Boybek diqqatini ushbu muammoga qaratish maqsadida unga tog‘ning musaffo havosi bilan to‘ldirilgan banka sovg‘a qilishdi. Bu haqda “Vremya” nashri yozmoqda.

Sovg‘aga ilova qilib uning qo‘liga topshirilgan maktubda Ko‘kjaylov adirligida yo‘lning, elektr stansiyasi va kurort zonasining qurilishi qanday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi bayon qilindi. 2 414 kishi tomonidan imzolangan ushbu maktubda, shuningdek, shahardan balandroq joylashadigan 330 ming kubometr sig‘imga ega suv omborining yaratilishi real xavf tug‘dirishi e'trof etildi.

Jamoat harakati vakillari yangi hokim vaziyatni to‘g‘ri baholab, qurilishni to‘xtatishiga, ushbu loyihaga ajratilayotgan pullarni esa seldan aziyat chekkan tumanlardagi tiklash ishlariga yo‘naltirishidan umid qilmoqda.
Harakat faollariga sovg‘ani shaxsan hokimning qo‘liga topshirishga ruxsat berilmadi. Ularning oldiga ichki siyosat boshqarmasi rahbari Sanjar Bo‘kayev kirib, “har xil aksiyalar o‘tkazmasdan, ishga kirishishni” tavsiya qildi va bu holatda ular bilan hamkorlik qilishga va'da berdi.

Harakat yetakchilaridan biri Abay Yerekenovning ta'kidlashicha, eski hokim Ahmatjon Yesimov xalq bilan muloqot qilishdan qochar edi.
“Yangi hokim bilan eski jamoa qoldi, aftidan, u o‘sha jamoa ta'siriga tushib qolgan”, – taxmin qildi u.

Top