12:02 / 18.08.2015
3910

Tyantszinda portlagan omborxona rahbari va uning o‘rinbosari hibsga olindi

Xitoyning Tyantszin shahrida portlagan xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonaga egalik qiluvchi Ruihai Logistics kompaniyasi rahbari hamda uning o‘rinbosari hibsga olindi, deya xabar berdi "Jenmin jibao" gazetasi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, 13 avgust kuni 10 kishi qamoqqa olingan edi.

"Ruihai Logistics kompaniyasi rahbari Syue Vey, boshqaruv raisi o‘rinbosari Dun Shesyuan, jami 10 kishi 13 avgust kuni hisbga olingan”, deyiladi gazeta xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Tyantszin shahridagi kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonada kuchli portlar va yong‘in kelib chiqqan edi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa sababli hayotdan ko‘z yumganlar soni 114, bedarak yo‘qolganlar 70 nafarga yetgan. Ayni paytda shifoxonalarda 698 kishi davolanmoqda.

Top