17:36 / 19.08.2015
2986

Tramp AQSh prezidentlikka nomzodlar reytingida Hillari Klintonga deyarli yetib oldi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan o‘z nomzodini ko‘rsatgan Donald Tramp saylovoldi reytingida yetakchilik qilayotgan Hillari Klintonga deyarli yetib oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Iyulda Tramp respublikachilar nomzodlari ichida birinchi o‘rinni egallagan edi. Ayni paytda u asosiy raqibi – demokratlar vakili Hillari Klintondan 6 ochkoga ortda qolmoqda. So‘rovlar yakunlariga ko‘ra, bir oygina muqaddam u Hillari Klintondan 16 ochkoga qolib ketayotgan edi.

Iyul oyida respublikachi saylovchilarning 67 foizi Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, bugungi kunda ularning ulushi 79 foizni tashkil qildi. Trampning asosiy elektoratini (53 foiz) erkaklar tashkil qiladi, ularning 53 foizi oq tanli fuqarolardir.

Top