09:50 / 19.08.2015
7139

Tramp: mamlakatimizni jin urdi

AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp yana bir bora muhojirlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Fox News kanali Twitter’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
“Biz mamlakatimizni o‘zimizga qaytaradigan jarayonni boshlashimiz kerak. Mamlakatimizni jin urgan go‘yo”, – dedi u.

Siyosatchining fikricha, konstitutsiyaga kiritilgan 14-o‘zgartish xatodir, chunki davlatga “chegaralar va qonunlar kerak”.
“Biz devor qurishimiz kerak, katta, chiroyli, mustahamkam devor”, – qo‘shimcha qildi Tramp.

Top