14:55 / 20.08.2015
3223

Rossiyalik taniqli artist Lev Durov vafot etdi

Moskvada SSSR xalq artisti Lev Durov 83 yoshida olamdan o‘tdi. Vafotidan bir kun oldin u jarrohlik amaliyotiga olib kirildi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.

Durovning vafoti haqida RIA Novosti agentligiga uning qizi Yekaterina Durova xabar berdi. Artist 20 avgust kuni shifoxonada, tungi soat 0:50da olamdan o‘tdi.
Durov ishlagan teatr rahbari Sergey Golomazov ijodkorning xayrlashuv kechasi qachon bo‘lishi aniq emasligini xabar qildi.

Top