09:28 / 20.08.2015
9921

Xatlonda IShID bayrog‘i o‘rnatib ketildi

Tojikiston huquq-tartibotchilari Xatlon viloyatining Shaartuz tumanidagi haykalga IShID bayrog‘ini osib ketgan bir guruh yoshlar ustidan tergov olib bormoqda.

Bu haqda 18 avgust kuni viloyat politsiya boshqarmasiga tayangan holda Avesta.tj sayti xabar berdi.

Bayroq yarim tunda qo‘yib ketilgan. Gumondorlar shu atrofdagi Leninobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlardir.

Shu qishloqda istiqomat qiluvchi bir kishi yoshlarni IShID saflariga jalb qilish bilan shug‘ullangani uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Top