15:52 / 21.08.2015
6059

Xitoy kompaniyalari dasturchilarni ruhlantirish uchun chiroyli qizlarni ishga olishmoqda

Xitoy internet kompaniyalari dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xodimlari kayfiyatini ko‘tarish uchun chiroyli qizlarni ishga olmoqda, deya xabar bermoqda china.org.cn o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Iqtidorli yosh qizlar dasturchilar bilan nonushta qilib yoki ular bilan stol tennisi o‘ynab, quvnoq ishchi muhitini yaratadi.

Xodimlar bo‘yicha menejyerlarning oydinlik kiritishicha, asosan erkaklardan iborat dasturchilarning ijtimoiy munosabatlarga kirishuvi juda og‘ir. Ish joyida chiroy qizlarning bo‘lishi esa ularning ishtiyoqi va mehnat unumdorligini oshiradi, degan qarorda.

Biroq xabarda dasturchilarning turmush o‘rtoqlari yoki boshqa ayol dasturchilarning fikri keltirib o‘tilmagan. Shuningdek, bu xorijlik iqtidorli dasturchilarni jalb etishning ustamon ko‘rinishi bo‘lishi ham mumkin.

Top