06:35 / 22.08.2015
2485

Germaniya Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan chegaraoldi nazoratini kiritishi mumkin

Germaniya hukumati mamlakatga kelayotgan muhojirlarni kamaytirish maqsadida chegaraoldi nazorati tartibini kiritish va Shengen kelishuviga tuzatmalar joriy qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda The Telegraph nashri ma'lum qildi.

Germaniya ko‘pchilik Yevropa davlatlarida erkin harakatlanish imkoniyatini beruvchi shengen vizasi Yevropa Ittifoqining boshqa a'zolari o‘zlarida qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortsalar viza “mavjud bo‘lmasligi kerakligidan” ogohlantirmoqda.

“Men erkin harakatlanish tarafdoriman, men yevropalikman, biroq Yevropa davlatlari qonunga amal qilmasalar va Dublin tizimi boshqa ishlamayotan bo‘lsa, unda bizga ishlaydigan boshqa tizim kerak. Yevropaning qochqinlarga boshpona berish masalasi bo‘yicha real siyosatisiz chegaralarni hech qanday cheklovlarsiz kesib o‘tish uzoq vaqt davom eta olmaydi”, deb aytdi Germaniya Ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer.   

Germaniyada chegaraoldi nazoratini kiritish istagi Buyuk Britaniya bosh vazirining Yevropa Ittifoqini isloh qilish bo‘yicha rejalariga to‘g‘ri keladi. Bundan avval Germaniyada muhojirlar soni 10,9 mln kishiga yetgani ma'lum qilingan edi.

Top