18:31 / 22.08.2015
3924

Mourino: Pedroni "Chelsi"ga o‘tishga ko‘ndirish uchun 1 daqiqa kifoya qildi

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Pedroni o‘zi murabbiylik qiladigan klubga o‘tishi uchun qay tariqa ko‘ndirgani haqida so‘zlab berdi.

"Bu bir daqiqalik suhbatda hal bo‘ldi. Men undan "Barselona"dan ketayotganing rostmi?", deb so‘radim. U "Ha, men bu klubni sevaman, bu yer mening uyim, biroq oldinga harakat qiladigan vaqt keldi", deb javob qaytardi.

Keyin undan boshqa jamoa bilan hali shartnoma imzolamagan-imzolamagani haqida so‘radim. U hozircha hech kim bilan shartnoma tuzmaganini aytdi.

"Chelsi"ga o‘tishni istaysanmi?, dedim. "Ha!" - javob qildi u.
Buning uchun 1 daqiqa yetarli bo‘ldi.

Shundan so‘ng klubdagi moliyaviy masalalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga u hech kim bilan shartnoma imzolamagani, lekin shunga yaqin turgani haqida bildirdim.

U "Chelsi"ga o‘tishga moyillik bildirgandi. Ochig‘i, u qachondir "Barselona"dan ketadi, deb o‘ylamagan edim", - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, bu futbolchiga butun yoz davomida Angliyaning boshqa grandlari "MYu" va "Manchester Siti" tomonidan qiziqish bo‘lgandi. Lekin kutilmaganda "Chelsi" ushbu 28 yoshli hujumchini 30 mln yevro evaziga transfer qilgandi.

Top