10:27 / 22.08.2015
2314

Obama Vashington shtatida o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda vaziyat e'lon qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Vashington shtati hududida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat joriy qildi. Bu haqda The Guardian nashrida yozilgan.

Obama shuningdek, 13 avgust kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari ta'sirida bo‘lgan hududlarga ko‘mak ko‘rsatish hajmini kengaytirishga ko‘rsatma bergan.

Qayd etilishicha, o‘rmon yong‘inlari Vashington shtatidan tashqari Montana, Oregon, Aydaxo va Kaliforniya shtatlarida kuzatilmoqda.

Avstraliya va Yangi Zelandiyadan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash olib borishda katta tajribaga ega mutaxassislar guruhlari uchib kelishgan. Aniqlik kiritilishicha, Avstraliya 56 nafar, Yangi Zelandiya esa 15 nafar qutqaruvchi mutaxassisni AQShga yuborgan.

Biroz oldinroq, Vashington shtati hududida 3 kishi yong‘in tufayli halok bo‘lib, 4 kishi dimiqish tufayli shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Top