14:57 / 22.08.2015
3080

Tramp prezidentlik saylovlari boshlanishini kutishga sabri chidamayotganini ma'lum qildi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblanadigan milliarder va tadbirkor Donald Tramp saylovlarning boshlanishini ortiq kuta olmasligini aytib o‘tdi.

Associated Press nashrida yozilishicha, Tramp saylovlar ertagayoq o‘tkazilishini istaydi.

U bu haqida Alabama shtatida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan mahalida aytgan.

"Men saylov ertagayoq o‘tishini istayman. Kutishga toqatim yo‘q", deydi u.

Biroz oldinroq, Tramp CNN telekanali orqali 16 sentabr kuni o‘tkaziladigan debatdagi ishtiroki uchun telekanal 10 mln dollar miqdoridagi pulni xayriya qilishi kerakligini aytgandi. Uning fikricha, Trampning telekanal orqali chiqishi CNN auditoriyasini kengaytiradi.

Top