18:50 / 23.08.2015
5647

Neymar "Manchester Yunayted"ga o‘tishga tayyorligini bildirdi

"Barselona" jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar o‘z faoliyatini Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasida davom ettirish haqida o‘ylamoqda.

The Guardian nashrida yozilishicha, u avgust oyining oxirigacha Angliyaga ko‘chib o‘tishi ehtimoli yuqori emas. Lekin kelajakda "MYu" safida paydo bo‘lishi mumkin.

Futbolchi bu jamoaga katta qiziqish bilan qaramoqda va jamoada o‘ynashni istamoqda. Neymar o‘zini APLda sinab ko‘rish istagini bildirgan.

"MYu" jamoasi vitse-prezidenti Ed Vudvord o‘tgan haftada "Barselona"ga boshqa bir hujumchi Pedroni transfer qilish masalasida borgan, lekin Pedro oxirgi daqiqalarda "Chelsi"ga o‘tib ketgandi.

"MYu" vakili Pedroni qo‘lga kirita olmaganidan keyin Neymar bilan ham uchrashgani aytilmoqda.

Top