16:21 / 23.08.2015
2834

«Real» Benzemani «Arsenal»ga 50 million funt evaziga transfer qilishga roziligini bildirdi

"Real"ning fransiyalik 27 yoshli hujumchisi Karim Benzema Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishga qarshi emasligini bildirdi.

Daily Star nashrida xabar qilinishicha, madridliklar Benzema uchun 50 million funt sterling so‘ragan. 27 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 10ta golli uzatma amalga oshirgan.

Shuningdek, Benzema Chempionlar ligasida 9 uchrashuvda ishtirok etib, 6ta gol urgan va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top