11:32 / 24.08.2015
3606

Tojikiston IShID tarafdorlarining Qiwi-hamyonlarini yopib qo‘yishni iltimos qildi

Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari Rossiyaning xalqaro Qiwi Wallet to‘lov tizimiga egalik qiluvchi Qiwi guruhiga murojaat qilib, IShID terrorchi guruhiga a'zolikda gumon qilinayotgan tojikistonliklarning hisob raqamlarini yopib qo‘yishni iltimos qildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Bilishimizcha, ijtimoiy tarmoqlarda IShIDning yangi tarafdorlariga pul to‘plash borasida tashviqot olib borilmoqda. To‘plangan mablag‘larga Suriyaga jangarilar jo‘natish uchun aviachiptalar sotib olinadi, shuningdek, ularga boshqa turdagi moddiy yordam ko‘rsatiladi”, - dedi agentlikning huquq-tartibot idoralaridagi suhbatdoshi.

Tojikistonda yaqinda qo‘lga olingan 4 nafar jangari Qiwi’dan foydalanib kelingani aniqlandi. O‘sha tizimda to‘plangan pullardan chiptalar xarid qilingan. Shu voqeadan so‘ng Tojikiston rasmiylari Qiwi’ga murojaat qilgan.

Top