18:07 / 25.08.2015
10834

UzReport TV telekanali UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qiladi

UzReport TV telekanali UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqlari paketini sotib oldi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur paket bepul televideniye, internet va mobil aloqa vositalari orqali o‘yinlarni tranlyatsiya qilish, «Highlights», «Magazines» dasturlarini efirga uzatish huquqlarini o‘z ichiga oladi.

2015/2016-yilgi mavsum guruh bosqichi o‘yinlaridan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. Hozirda telekanalda o‘yinlarni sharhlab borish uchun sharhlovchilarni saralab olish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnik uskunalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. UYeFA Chempionlar ligasining 2015/2016 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 27 avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichining dastlabki o‘yinlari va ularning UzReport TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi esa 15 sentabrdan boshlanadi.

Top