"Barselona" jamoasining sobiq darvozaboni Viktor Valdes Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasida o‘z faoliyatini davom ettirishi oydinlashmoqda.
Sports.es nashrida xabar qilinishicha, istanbulliklar futbolchi bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzolamoqchi.
Futbolchining transfer huquqiga egalik qiladigan "MYu" esa "Beshiktosh"dan 1 mln yevro olishi aytilgan.
Biroz oldinroq, ushbu darvozabon Turkiyaning boshqa bir jamoasi "Antalyaspor"da paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.