16:43 / 27.08.2015
2403

2014 yilda O‘zbekistonda odam savdosining 1 200 qurboni aniqlandi

O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari 2014 yilda odam savdosi qurboni bo‘lgan 1 208 kishini aniqlashdi. 2013 yilda bu ko‘rsatkich 1 392 kishiga teng bo‘lgan edi.

Aytilishicha, bu odamlarning 143 nafari mamlakat ichida majburiy mehnatga noqonuniy ravishda jalb qilingan edi. Qolganlari esa chet elga olib chiqib ketilib, u yerda noqonuniy ravishda ishlatilgan.
NNT va xalqaro tashkilotlar qurbonlarning 847 nafariga yordam berishdi, 2013 yili bu ko‘rsatkich 451 kishiga teng edi.

Hukumat moliyalashtirayotgan reabilitatsion markazda hisobot davrida 396 kishiga yordam ko‘rsatgan. Markaz 30 o‘rinli boshpana taqdim etish bilan bir qatorda, zaruriy tibbiy, psixologik va yuridik yordam ko‘rsatgan. 898 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishga yuborildi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 368 qurbonning o‘z yurtiga qaytishiga ko‘mak berdi.

Top