22:00 / 27.08.2015
10767

Lionel Messi UYeFAning yil o‘yinchisi bo‘ldi

Bugun Monako shahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan avval o‘tgan mavsumning eng chiroyli goli (Messi tomonidan "Bavariya darvozasiga urilgan gol) va o‘tgan mavsumning eng chiroyli seyvi (Ter Shtegenning "Bavariya" bilan o‘yindagi seyvi) aniqlandi.
Marosimdan so‘ng esa, Yevropadagi 54 mamlakat vakillari bo‘lgan 54 nafar jurnalist bergan ovozlar asosida aniqlangan yevromavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomi e'lon qilindi.
Bu nom uchun da'vogarlar soni uch nafar bo‘lib, ular "Barselona" hujumchilari Lionel Messi va Luis Suares bilan birgalikda "Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisoblanayotgandi.

Ovozlar natijalariga ko‘ra, bu safar Lionel Messi Yevromavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, 2011 yilda joriy qilingan bu sovrin shu vaqtgacha 4 marta 4 futbolchiga topshirilgandi. 2011 yilda ham bu sovrinni qo‘lga kiritgan argentinalik futbolchi esa ikkinchi marta yevromavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e'tirof etildi. Unga bu safar asosiy raqib bo‘lgan Ronaldu esa 2014 yilda shunday mukofot bilan taqdirlangandi.

Top