15:08 / 28.08.2015
2622

Messi: Men hech qachon terma jamoani tark etishim haqida gapirmaganman

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi o‘zining Argentina terma jamoasi safidagi faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

«Men hech qachon terma jamoada boshqa o‘ynamayman deb aytmaganman. Qayerga qarama, OAV meni shunaqa yo‘l bilan sindirishga urinib ko‘radi. Men bunaqa chop etilgan maqolalarni eshitishga o‘rganib ham qoldim».

«Bizni oldinda muhim o‘rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi. Hozircha murabbiy meni terma jamoaga yig‘iniga chaqirayotgan ekan, men taklifga ijobiy javob berishga tayyorman », — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Top