01:00 / 29.08.2015
4023

Yevropa Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash natijalari ma'lum bo‘ldi

28 avgust Monakoda Yevropa Ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur'a tashlash natijalariga ko‘ra har birida 4 tadan jamoa bo‘lgan 12 ta guruh shakllantirildi. 48 ta jamoadan 16 tasi musobaqaning guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 10 ta jamoa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida mag‘lub bo‘lgan jamoa sifatida va 22 ta jamoa musobaqaning pley-off bosqichi g‘oliblari sifatida chiqdi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 17 sentabr, 1 va 22 oktabr, 5 va 26 noyabr hamda 10 dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yevropa Ligasi guruhlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

A guruhi: Ayaks, Seltik, Fenerbaxche, Molde
B guruhi: Rubin, Liverpul, Bordo, Son
C guruhi: Borussiya D, PAOK, Krasnodar, Gabala
D guruhi: Napoli, Bryugge, Legiya, Midtyulland
E guruhi: Vilyarreal, Viktoriya, Rapid, Dinamo Minsk
F guruhi: Marsel, Braga, Slovan, Groningen
G guruhi: Dnepr, Latsio, Sent-Eten, Rusenborg
H guruhi: Sporting, Beshiktosh, Lokomotiv, Shkenderbeu
I guruhi: Bazel, Fiorentina, Lex, Belenensesh
J guruhi: Tottenxem, Anderlext, Monako, Karabax
K guruhi: Shalke, APOEL, Sparta, Asteras
L guruhi: Atletik, Alkmaar, Augsburg, Partizan

Top