16:19 / 30.08.2015
3151

«Real» 1 sentabr kuni David De Xeaning taqdimotini o‘tkazmoqchi

Madridning “Real” klubi yozgi transferlar mavsumi o‘z hnioyasiga yetguniga qadar “Manchester Yunayted” jamoasi darvozabonini David De Xeani xarid qilishga umid qilmoqda.

AS nashrining ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli futbolchini xarid qilib, kelavyotgan seshbanbada “Santyago Bernabeu”da De Xeaning taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirib qo‘yishgan.

Avvalroq, bir yildan so‘ng erkin agentga aylanadigan posbon uchun “Real” 25 million yevro taklif qilgandi, o‘z navbatida “MYu” 40 million yero talab qilmoqda.

Manba: uff.uz 

Top