04:11 / 30.08.2015
6885

Suriyalik qochoqni 60 ming dollar bilan qo‘llab-quvvatlashdi

Norvegiyalik bloger Indiegogo da o‘ziga xos kampaniya tashkillashtirdi. Bundan maqsad suriyalik qochoqlarga yordam qilishdir. Uning bu fikrga kelishiga xuddi shunday suriyalikning qo‘lida qizini ko‘tarib olgan holda Livan ko‘chalarida ruchka sotib yurgan holatidagi surati sabab bo‘ldi. Xalqaro OAVlarning bunga ahamiyat qaratishi natijasida bir kunda o‘ylangandan o‘n karra ko‘p — 60 ming dollar miqdorida mablag‘ yig‘ildi.


Abdul (chapda) qizi Rim va o‘g‘li Abdulill bilan

Suriyalik qochoq atrofidagi gap-so‘zlar 25 avgust kuni, norvegiyalik bloger Gissur Simonarson (Gissur Simonarson) o‘zining mikroblogida suriyalik qochoq erkakni Livanning Bayrut ko‘chalarida qidirib yurgani haqidagi xabarni e'lon qilgach paydo bo‘ldi. Notanish erkak bir qo‘lida qizini ko‘tarib olgancha, yana bir qo‘lida ruchkalar bilan shahar kezib yurgan.
Simonarson bir nechta blogerlar ko‘magida Livandagi suriyalik qochoqlarga ko‘mak beruvchi tashkilot vakilasi Kerol Maluf (Carol Malouf) bilan tanishib qoldi. Uning yordamida notanish qochoq erkakning kimligi aniqlandi. Uning ismi Abdul bo‘lib, yarim suriyalik, yarim falastinlik ekan. U bundan oldin yuzlab qochoqlar istiqomat qiladigan Yarmukdagi lagerda yashagan ekan.
2011 yildan beri Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolar urushi tufayli Abdul u yerdan muntazam ish topa olmagan. Uning qizi Rimning yoshi 4,5 da, o‘g‘lining yoshi esa 9 da. Hozirga qadar Maluf uning oilasidan xabar olib turadi.


Simonarsonning NBC News ga bergan izohiga quloq osadigan bo‘lsak jamoatchilikning nazariga tushish qochoqni qo‘rqitib yuborgan va uni topish ancha mushkullashgan.
U juda ham qo‘rqib ketgan, chunki odamlar kelib u bilan gaplashishga urinishgan. Shu bois u e'tiborni chalg‘itish maqsadida turli joylarda yurgan. Uni qidirib topishga ancha vaqt ketgan. Kimdir biz u bilan bog‘lana olishimiz qulay bo‘lsin uchun unga qo‘l telefoni sovg‘a qilgan.


Gissur Simonarson, Norvegiyalik bloger

27 avgust kuni norvegiyalik bloger ajoyib bir kampaniya tashkil etdi. Indiegogo da qo‘yilgan va “Buy pens” (“Ruchka sotib oling”) deb nomlangan xayriya ishidan maqsad Abdul va uning oilasi uchun 5 ming dollarga yaqin mablag‘ yig‘ish va uni qochoq oilasiga moddiy yordam sifatida taqdim etishdan iborat bo‘lgan.
28 avgust kuni 58 ming dollar yig‘ilganidan so‘ng, Simonarson Indiegogo foydalanuvchilarining nechog‘lik fidoyi ekanliklarini e'lon qildi. Reytingda AQSh va Buyuk Britaniya birinchi o‘rinda (g‘arbdagi e'tirof yuzasidan) uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni BAA va Saudiya Arabistoni egalladi.


Blogerning so‘zlariga qaraganda, YUNISEF allaqachon bu oilaga pul jo‘natgan, ammo uni Abdulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish o‘ta xavfli. “Balki unga har oy davomida to‘siqlarsiz pul yetkazib beradigan biror-bir fond joriy qilinishi kerakdir. Men bunday muvaffaqiyatga erishaman deb sira o‘ylamagandim”, — deydi Simonarson kampaniya muvaffaqiyati haqda gapirar ekan.
Suriyalik qochoqlarga internet orqali ko‘plab yordam berishadi. 20 avgust kuni Avstriyaning iTunes top charti ham xuddi shunday aksiya uyushtirgandi.

Manba: Xabardor.uz

Top