07:01 / 30.08.2015
6552

WT: AQSh Rossiyaning Suriya masalasini hal qilishdagi yetakchilik qilishiga ko‘nmoqda

Moskva Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro diplomatiya markaziga aylanmoqda, deb yozmoqda Washington Times nashri.

28 avgust kuni Moskvada AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Maykl Ratni va rossiyalik diplomatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra AQSh Davlat departamenti qarashlardagi tavofutlarga qaramasdan, Moskva bilan Suriya masalasi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga umid bildirishini ma'lum qildi.

Washington Times nashri Vashington “Moskva Suriya bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishda markaziy o‘yinchi bo‘lishiga” ko‘nikayotgani haqida xulosa chiqarmoqda. Kreml buning uchun barcha faol diplomatik sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda, deb ta'kidlamoqda nashr.

Oxirgi mahal Moskvaga Yaqin Sharq davlatlaridan bir qator rasmiy shaxslar, shu jumladan Suriya muxolifatining vakillari ham tashrif buyurdilar. Yaqinda Iordaniya qiroli Abdulloh II Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiyaning tutgan o‘rni “qarama-qarshi tomonlarning muzokaralar stoli atrofida yaqinlashishi uchun hayotiy zarurat ekanligini” ta'kidlab o‘tgan edi.

Shu bilan birga Rossiyada Suriyada tartib o‘rnatish bo‘yicha o‘z munosabatini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, deb yozmoqda nashr. Nashrning fikricha, bu Moskvaning Bashar Asad tartibining tarafdori – Eron bilan ishonchli muzokarachi sifatida mustahkamlanib borayotgan nufuzi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Top