15:51 / 01.09.2015
3605

Shoygu suvorovchi o‘quvchiga o‘z soatini sovg‘a qildi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Moskva suvorov bilim yurtiga tashrifi vaqtida to‘rtinchi avlod tarbiyalanuvchisi Ivan Torgashkinga o‘z soatini hadya qildi, deya xabar berdi «Russkaya slujba novostey».

“Judayam xursandman, ochig‘i, vazirning o‘zi qo‘lidagi soatini yechib, menga sovg‘a qilishini kutmagandim. Katta bobom, bobom va otam suvorovchi bo‘lgani uchun men ham uni tanladim. Bobom va dadam podpolkovnik bo‘lgan, oilada general ham bo‘lishi kerak-ku”, – dedi bolakay.

Kadetning onasi Natalya Torgashkinaning ma'lum qilishicha, Shoyguning sovg‘asi — Rossiya Mudofaa vazirligining oddiy soatidir.

“Unda shunchaki “Mudofaa vazirligi” deb yozib qo‘yilgan. Endi Vanya uni o‘z o‘g‘liga beradi”, – dedi ona.

Top