21:06 / 08.09.2015
2946

Haier ikkita bakli kir yuvish mashinasini taqdim qildi

IFA-2015 ko‘rgazmasida Haier kompaniyasi ikkita bakka ega kir yuvish mashinasini namoyish qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmatida xabar berilgan.

Qurilma shunday qurilganki, bir vaqtning o‘zida ikki barabanga kirlarni joylash, ayni vaqtda har bir baraban uchun alohida kir yuvish tartibini belgilash imkonini beradi.

Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida bir kir yuvish mashinasida ham oq, ham rangli narsalarni, paxta va jundan tayyorlangan liboslarni yuvish mumkin bo‘ladi. Yuqori bakka 4 kilogramm, quyidagi bakka esa 8 kilogramm kir joylash mumkin.

Mashinaning o‘lchamlari 128x60x60 sm.

IFA-2015 ko‘rgazmasida ushbu kompaniyaga kir yuvish vositalarini ishlab chiqarish sohasidagi maxsus mukofot topshirilgan. Bu Haier kompaniyasining to‘qqizinchi mukofoti sanaladi.

Top