00:46 / 08.09.2015
4954

Oxirgi 5 yilning eng ommaviy mobil dasturlari ma'lum qilindi

Candy Crush Saga o‘yini iPhone va iPad uchun eng ommaviy mobil o‘yin, Clash of Clans eng katta foyda keltirgan mobil o‘yin va Pandora Radio dasturi esa eng katta daromad keltirgan dastur bo‘ldi. Bu haqda App Annie statistik kompaniyasi ma'lum qilmoqda.
Angry Birds ommaviy dasturlar orasida 4-o‘rinni egalladi va daromadlar bo‘yicha hattoki birinchi o‘ntalikka kira olmadi.

Facebook, Messenger, Instagram, WhatsApp va boshqa ijtimoiy tarmoqlar dasturlari va messenjerlarini yuklab olish bo‘yicha yuqori o‘ntalikni shakllantirganlar, biroq ularning ko‘pchiligi daromadlar bo‘yicha yuqori o‘ntalikka kiritilmagan. Eng katta daromad keltirgan dastur ko‘rsatkichi bo‘yicha Pandora Radio bilan birga Janubiy Koreyaning messenjeri Line hamda uchrashuvlar xizmati dasturi Zoosk ham 3-o‘rinni egalladi.

Top